Urgutda qotillik jinoyati sodir etildi
Joriy yilning 30 aprel kuni Urgut tumani Terak mahallasida yashovchi fuqaro S.P. O.K. rahbarligidagi dehqon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 0,50 gektar yer maydonining 0,20 gektariga o‘zboshimchalik bilan ekkan tok ko‘chatlari xo‘jalik rahbari tomonidan buzib tashlanganidan g‘azablanib, o‘zaro kelib chiqqan janjal davomida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning bo‘yin sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur jinoiy holat kecha Samarqand viloyati prokurori, viloyat IIB boshlig‘i va tuman sektor rahbarlari ishtirokida keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi.
O‘zA