Urgut yo‘llarida endi avtobus qatnaydi
Keyingi paytda Urgutda sayyor qabul o‘tkazgan yoki aholi bilan muloqot qilgan rahbar borki, odamlar avvalo tuman markazi va Samarqand shahriga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishda yordam so‘rab murojaat qilishardi.

2020 yil avvalida urgutlik aholining bu talab va istaklari amalga oshdi. Yangi tashkil etilgan “Avtotransport Urgut” davlat unitar korxonasi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan “Isuzu” avtobuslaridan 60 ta xarid qilib, qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘lovchi 12 ta, Samarqand shahriga 5 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnovni yo‘lga qo‘ydi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Transport vazirligi va bank krediti mablag‘lari hisobidan xarid qilingan avtobuslar tuman aholisining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida avtobuslar soni va yo‘nalishlar yanada ko‘paytirilishini aytdi.