Urganchni quyuq tuman qopladi
FOTOREPORTAJ
Bugun Urganch shahri qalin tuman bilan qoplandi. Shahar ko‘chalari, yo‘llar va baland binolar tuman orasida qolib, atrof-muhitga sokinlik va sirli kayfiyat bag‘ishladi.
Odatda shovqin-suronli Urganch bugun biroz boshqacha, tinch va xotirjam qiyofada namoyon bo‘ldi. Bunday ob-havo sharoitida haydovchilar va piyodalardan yanada ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. Mutaxassislar harakat tezligini me’yorida saqlash, masofani to‘g‘ri belgilash va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni tavsiya etmoqda.
[gallery-26905]
Tumanli Urganch chiroyli kadrlar va unutilmas lahzalarni kadrga muhrlash uchun ajoyib imkon yaratdi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA