Urganchda elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahrida aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish hamda ortib borayotgan yuklamalarni barqaror qabul qilish maqsadida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan olib borilayotgan ishlar doirasida 110/6 kVli “G‘arbiy” podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Transport kolleji” elektr uzatish kabel tarmog‘i yangilanmoqda.
Loyihaga muvofiq, mavjud eskirgan tarmoqlar o‘rniga umumiy uzunligi 3,6 kilometr bo‘lgan zamonaviy 0,4–6 kVli kabel liniyalari yotqizilmoqda. Shuningdek, Olimpiya mahallasi hududidagi 5 ta transformator punktini yangilash va texnik jihatdan takomillashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.
[gallery-29852]
Mutaxassislar ta’kidlashicha, loyiha yakunlangach, mahallada elektr ta’minoti sifati va ishonchliligi yanada oshib, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayadi.
Behzod SAIDOV (surat), O‘zA