“Ural Airlines”ning Qarshiga parvozlari tiklandi
Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam qatnovlarni tiklayapti.
Kuni kecha – 14 yanvar kuni ma’lum muddat tanaffusdan so‘ng mazkur aviakompaniyaning Moskvaning Domodedovo aeroportidan uchgan "A-321" samolyoti bortida ekipaj a’zolari va 132 nafar yo‘lovchi bilan Qarshi xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot tantanali ravishda suvli arka bilan kutib olindi.
Qarshi xalqaro aeroporti vakillarining ma’lum qilishicha, “Ural Airlines” bundan buyon Moskva – Qarshi – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha haftada uch marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.
[gallery-15479]
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar soni ko‘payishi Qashqadaryo viloyati aholisining havo transportiga ehtiyojini qondirishga va hududning turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: "Ural Airlines" aviakompaniyasi bosh qarorgohi Yekaterinburgda (Rossiya) joylashgan. Aviakompaniya Rossiyadagi eng yirik beshta aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),
O‘zA muxbirlari