Universitet yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoqda
Prezidentimiz raisligida joriy yil 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Qarshi davlat universitetiga 53 nafar yoshlar biriktirildi.
Universitet rektori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan OTMga biriktirilgan viloyatning Qamashi tumani Balandchayla mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar holidan doimiy xabar olinib, qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Kuni kecha mahalla yoshlaridan Og‘abek Normamatov, Ziyodaxon Ochilova, Xo‘shmurod Alimov, Robiya Ziyotova va Jamshid Mixliyev xonadonlariga tashrif uyushtirilib, muloqot qilindi.




Ularning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tikuv mashinalari, zamonaviy rusumdagi noutbuklar, elektron ovoz kuchaytirgich, kitoblar to‘plami, moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.