Umumjahon pul haftaligi o‘tkazildi
Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, odamlarga pul topish, uni sarflash savodxonligini bolaligidanoq singdirib borish lozim. Shu maqsadda 2012 yilda boshlangan xayrli aksiya bugun dunyoning 170 dan ortiq davlatlarida o‘tkaziladi, unga jalb qilingan yoshlar qamrovi esa allaqachon 40 milliondan oshdi. Ikki yildirki, O‘zbekiston ham jarayonlarning faol ishtirokchisi.
Pul topish qiyin, ammo uni to‘g‘ri sarflash undan ham qiyinroq. “Learn.Save.Earn.” Aksiya talabi shunday. Uning doirasida eng avvalo, mablag‘ni saqlash, ya’ni jamg‘arish hamda uni ko‘paytirish yoki ishlab topish imkoniyatlarini o‘rganish mumkin. Shunday qilib, Global Money Week ning asosiy maqsadi har bir yoshni moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmaga ega qilishdir.
"Agrobank" ATB tomonidan Navoiy viloyatidagi maktablarda ushbu haftalik tadbirlari o‘tkazildi. Jarayonlarda hududdagi 10 ta maktabdan 2500 ming nafarga yaqin o‘quvchilar, 500 ga yaqin aholi va bank mijozlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida mahorat va ochiq darslar, insholar, ko‘rgazmali burchaklar tashkil etilib, bank filiallariga press-tur tashkil etildi.
Reklama huquqi asosida.