Umrboqiy kuy va qo‘shiqlar ijrosi
Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Umrboqiy kuy va qo‘shiqlar” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Mazkur maktab o‘qituvchilaridan tuzilgan “Brass quinted” ansambli tomonidan tashkil etilgan konsertda san’at ixlosmandlari, o‘qituvchilar, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir yoshlarda milliy va jahon qo‘shiqchiligiga qiziqish va hurmatni yanada oshirish, kuy va qo‘shiqlar orqali ular qalbida ezgulik, mehr-oqibat, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan.
[gallery-1601]
O‘qituvchilar ijrosidagi jahon qo‘shiqchiligining o‘lmas asarlaridan namunalar, turli xalqlarning umrboqiy kuylari yig‘ilganlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA