Ulfatchilik oqibatida bir nafar shaxs vafot etdi
Joriy yilning 15 iyul kuni soat 04:20 larda, Kogon tumani “O‘rtacho‘l” mahallasi, “O‘rtacho‘l” qishlog‘ida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro H.J. ismli shaxs, mahalladoshi fuqaro B.S. va shu mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Buxoro tumani Sheyxoncha mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.A. lar bilan birgalikda spirtli ichimlik ichgan mast holatda fuqaro O‘.A. bilan o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Natijada fuqaro O‘.A. ning tanasini turli joylariga oshxona pichog‘ini sanchib og‘ir tan jarohati yetkazishadi. Jabrlanuvchi fuqaro O‘.A. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan H.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev va Soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurovlar birgalikda tuman hokimi va sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar mas’ullari, “O‘rtacho‘l” mahallasi raisi va uning o‘rinbosarlari, profilaktika inspektori hamda qishloq aholisi ishtirokida mazkur jinoyat muhokama qilindi.
Jinoyatni muhokama qilish jarayonida mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining mahallada huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik tadbirlari va ularning natijalari joyiga chiqib o‘rganildi. Ularning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, mazkur jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan sharoitlar yuzasidan mas’ullarning tushuntirishlari eshitildi.

Mas’ullar mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida taalluqli idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlarni tanqidiy muhokama qildi.
Jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sharoitlarni bartaraf etish va kelgusida xuddi shu va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilmasligi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar belgilandi.
Zarif Komilov, O‘zA