Ukrainada yangi bosh vazir tasdiqlandi
Ukraina Oliy Radasi Denis Shmigalni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi.
Ukraina Oliy Radasi Denis Shmigalni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi. U bungacha bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, gromada va hududlarni rivojlantirish vaziri boʻlib ishlagan, deb xabar qildi “Ukrinform” axborot agentligi.
Xabarda aytilishicha, Denis Shmigalning bosh vazirlikka nomzodini 291 deputat qoʻllab-quvvatlagan.
Mamlakatning sobiq bosh vaziri Aleksey Goncharuk 3-mart kuni isteʼfo bergan edi. Ukraina Oliy Radasi bugun uni lavozimidan ozod etdi.