Ukraina koronavirus ustidan qachon g‘alaba qozonadi?
Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov mamlakat koronavirus ustidan g‘alaba qozonishi muddatini aytdi. “Gordon” portalida aytilishicha, u muvaffaqiyatni vaksinatsiya bilan bog‘lagan. Uningcha, katta yoshdagi 70 foiz aholi emlanishi lozim. “Ishonchim komilki, buni uddalaymiz va shu yilning oxirigacha koronavirus ustidan g‘olib bo‘lamiz”, dedi Stepanov.
Eslatib o‘tamiz, ukrain tibbiyotchilari 7 aprelda mamlakatda antirekord qayd etilgani, 481 nafar bemor kasallik qurboni bo‘lganini ma’lum qilgandi.