Ukraina Bosh vaziri isteʼfo berdi
Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharuk bugun isteʼfoga chiqqish haqida ariza berdi.
Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharuk bugun isteʼfoga chiqqish haqida ariza berdi.
“Bizning Prezidentga nisbatan ishonchimiz va hurmatimizga zigʻircha ham shubha boʻlmasligi uchun, men isteʼfo haqida ariza berdim va uni parlamentga taqdim etish uchun Prezidentga topshirdim”, deb yozadi bosh vazir Facebook sahifasida.
Bosh vazirning taʼkidlashicha, keyingi paytlarda jamoatchilik hukumat majlisini qismlarga boʻlib, montaj qilib ommaga tarqatilishi bilan bogʻliq “voqealarga” guvoh boʻlmoqda. Ushbu voqealar hukumat va uning komandasi goʻyo davlat rahbarini hurmat qilmayotgandek sunʼiy tasavvur uygʻotmoqda.
“Mamlakatning moliyaviy oqimidan bahramand boʻlishga intilayotgan koʻp guruhlar uchun shunday boʻlishi maʼqul. Lekin aslida unday emas “, deya taʼkidladi Goncharuk.
Hukumat raisi shuningdek, Zelenskiyni ochiq, tartibli va namunali inson ekanini taʼkidlagan.
Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Prezidentni qanday qilib aldash mumkin“ligi haqida ikkita audiorolik paydo boʻlgan edi. Unda goʻyo 2019-yil 16-dekabrda Gancharukning Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi oldidan norasmiy majlis oʻtkazgani va ushbu majlisdan uzuq-yuluq parchalar montaj qilinib tarqatilgan edi.