Uchquduqning zukko yoshlari
Navoiy viloyatining Uchquduq tumani “Barkamol avlod” bolalar markazida 500 ga yaqin yoshlar darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumani “Barkamol avlod” bolalar markazida 500 ga yaqin yoshlar darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda.Markazda komputer grafikasi va dizayn, tasviriy va amaliy san’at, to‘quvchilik, do‘ppido‘zlik, yosh musavvir, yosh jurnalist, notiq kabi 29 to‘garak ishlab turibdi. Malakali pedagog-mutaxassislar ko‘magida ilmiy va ijodiy mahoratini shakllantiriyotgan yoshlar respublika miqyosidagi turli ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.