Uchqo‘rg‘onlik paxtakorlar mavsumga shay
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bu yil 9082 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda. Dehqonlar har yilgidek mo‘l hosil yetishtirish va uni vaqtida terib olib, xirmonga yetkazish harakatida.
“Erta ekkan, erta yig‘adi” amaliga rioya qilgan uchqo‘rg‘onlik paxtakorlar mavsumga tayyorgarlik ishlarini allaqachon boshlab yuborgan.
[gallery-13261]
Ma’lumki, g‘o‘za defoliatsiyasining talab darajasida uyushqoqlik bilan tezkor va sifatli o‘tkazish g‘o‘za barglarini 12-15 kun ichida 80-90 foizining to‘kilishi va ko‘saklarning deyarli 90 foizi ochilishini ta’minlaydi. Bu esa birinchi terim salmog‘i ancha ortishidan darak.
Uchqo‘rg‘on tumani hokimi J. Rizayev “Shuhrat Muborak” fermer xo‘jaligida bo‘lib, paxta terimiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA