Uch nafar tennischimiz asosiy toʻrda
Pokistonning Islomobod shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasida “Fyuchers” turniri oʻtkazilmoqda.
Pokistonning Islomobod shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasida “Fyuchers” turniri oʻtkazilmoqda.
Musobaqaning saralash bahslari hal qiluvchi uchrashuvida hamyurtimiz Shonigʻmatjon Shofayziyev eronlik Nadaf Hamidrizoni 4:6, 6:2, 6:3 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, Amal Sultonbekov tojikistonlik Faridun Bahodirni har ikkala setda 6:3 hisobida yengdi.
Shu tariqa, asosiy toʻrga yoʻl olgan Sh.Shofayziyev navbatdagi bosqichda yaponiyalik Sora Fukudaga, A.Sultonbekov esa pokistonlik Ahmad Choudxariga qarshi kortga chiqadigan boʻldi.
Mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Saidaʼlo Saidkarimov reyting ochkosi yuqori boʻlgani bois oʻz ishtirokini asosiy toʻrning ilk bosqichdan boshlaydi. Unga rossiyalik Vladimir Polyakov qarshilik qiladi.