«Uç avlod uçraşuvi»: kursantlarga zarur tavsiyalar berildi
Vatan himoyasi va el-yurt xavfsizligini taʼminlaş — nafaqat yuksak jismoniy tayyorgarlikni, balki bukilmas iroda, yuksak maʼnaviyat va kasbga bölgan çeksiz fidoiylikni talab etadigan muqaddas burç. Bugungi globallaşuv davrida yoş avlod qalbida mana şunday olijanob tuyğularni şakllantiriş, ularni ajdodlarning şonli anʼanalariga sodiq ruhda tarbiyalaş har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zero, ötmiş saboqlarini anglagan, bugungi kun qadriga yetgan va kelajak masʼuliyatini his qilgan yoşlargina yurtning çinakam suyançi böla oladi. Ana şunday ezgu maqsadlarni hayotga tatbiq etiş, tizimda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylarning boy tajribasini yoş harbiy xizmatçilarga meros qilib qoldiriş maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida «Uç avlod uçraşuvi» bölib ötdi.

Tadbirni akademiya boşliği Muzaffarjon Mamasiddiqov oçib, avlodlar vorisligini taʼminlaş, yoşlarni Vatanga sadoqat, yuksak masʼuliyat va kasbga fidoyilik ruhida tarbiyalaş muhimligini taʼkidladi. Boy hayotiy va xizmat tajribasini yoş avlodga yetkaziş kelajakdagi faoliyat uçun muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.
Tadbirda yoşlarni tanlagan kasbini çuqur egallaş, doimiy izlaniş va öz ustida işlaş muhimligi, jismoniy va harbiy tayyorgarlik, mustahkam iroda, jasorat hamda jamoaviy hamjihatlikning xizmat faoliyatidagi ahamiyati xususida söz bordi. Kursantlarga har qanday murakkab vaziyatda puxta tayyorgarlik va qatʼiyat bilan harakat qiliş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur uçraşuv şunçaki diydorlaşuv emas, balki yurt tinçligi yölida fidokorona mehnat qilgan faxriylar, bugungi kunda ularning şarafli işini davom ettirayotgan ofitserlar hamda kelgusida xavf-xatardan insonlar hayotini qutqarişni öz kasbi deb bilgan yoş kursantlar örtasidagi öziga xos maʼnaviy köprik va öçmas anʼanalar davomiyligining yorqin namunasiga aylandi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA