Ubaydullayev Bobur Sabirovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Sportchilarda oldingi butsimon bog‘lam jarohatlarini davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida
Ubaydullayev Bobur Sabirovichning 14.00.22 – “Travmatologiya va ortopediya” ixtisosligi bo‘yicha «Sportchilarda oldingi butsimon bog‘lam jarohatlarini davolash usullarini optimallashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06.2025.27.12.Tib.19.0 raqamli Ilmiy kengashining 2026-yil 30-oktabr kuni, soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 78-uy, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (99871) 233-10-30
e-mail: niito-tashkent@yandex.ru