Turon yakkakurashini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Poytaxtimizdagi Sport vazirligi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda turon yakkakurash sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, “Turon World Cup” musobaqasi tashkilotchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etgan yig‘ilishda turon yakkakurashining bugungi holati, uni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, sportchilar zaxirasini shakllantirish, murabbiylar malakasini oshirish, hududlarda sport turini yanada rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Turon World Cup” xalqaro musobaqasining turon yakkakurashini ommalashtirish va uning xalqaro nufuzini oshirishdagi muhim ahamiyati qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida turon yakkakurashining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA