Turkiyalik rassom ijodiga bag‘ishlangan “Bahor marosimi”
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Toshkent Fotosuratlar uyida turkiyalik rassom Burju Gunay ijodiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Turkiyalik ijodkor o‘z faoliyatini ilmiy tadqiqot bilan hamohanglikda olib boradi. Matoda gullar aks ettirish uning ijodida ustuvor o‘rin egallaydi.
[gallery-28871]
- Men o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali”da ham qatnashgandim, - dedi Burju Gunay. – Ushbu ko‘rgazmadagi ayrim suratlar ham o‘sha taassurotlar asosida yaratilgan. Umuman, O‘zbekistondek saxovatli diyorga kelganimdan, shunday ajoyib xalqaro san’at festivalida qatnashayotganimdan juda mamnunman.
“Bahor marosimi” deb nomlangan ushbu badiiy ko‘rgazmadan o‘rin olgan asarlarda o‘tmishni hozirgi zamon nigohi bilan qayta idrok etish g‘oyasi ustuvor ekani ahamiyatli.
N.Usmonova, O.Pardayev (surat), O‘zA muxbirlari