Turkiyada dahshatli yo‘l-transport hodisasi
“DHA” axborot agentligi ma’lum qilishicha, Turkiya Respublikasi g‘arbida ikki avtomobil to‘qnashib ketib, 8 kishi halok bo‘lgan va 10 nafar inson jarohatlangan.
"To‘yga kelgan mehmonlarni olib qaytayotgan kichik avtobus va yonilg‘i tashuvchi mashina yuqori tezlikda kelib bir-biriga urildi va sakkiz yo‘lovchi qurbon bo‘ldi, o‘n odam turli darajada tan jarohati oldi", - deyiladi xabarda.