Turkiyada 2500 yillik Afrodita ibodatxonasi topildi
Bir guruh qadimshunos olimlar Turkiya g‘arbidagi Urla-Chashma yarim orolida bundan ikki yarim ming yil avval barpo etilgani taxmin qilinayotgan Afrodita ibodatxonasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda “Daily Sabah” yozgan.
Izmirdagi Urla, Chashma, Seferihisor tumanlari hududi tadqiq qilingandan keyin bir zamonlar insonlar yashagan 35 ta qo‘nalg‘a aniqlandi. Ularning 16 tasi neolit davriga tegishliligi ma’lum, yana bittasi tarixi eramizdan avvalgi VI asrga borib taqaladigan Afrodita xarobalari ekan.
Qazishma ishlariga rahbarlik qilgan Mimar Sinan nomidagi san’at universiteti mutaxassissi Elif Koparal ta’kidlashicha, qadimgi Yunonistonda sevgi, go‘zallik va ehtiros xudosi juda mashhur bo‘lgan.
Elif xonim izlanish davomida olimlar mahalliy aholi bilan yaqin hamkorlik qilganini ham e’tirof etgan. Oddiy odamlar qimmatli topilmalarni kontrabandachilar va noqonuniy xazina qidiruvchalardan himoya qilishda olimlarga yaqindan yordam berishgan.