Turkiya va Ozarbayjonning koinot sohasidagi hamkorligi
Turkiya va Ozarbayjon koinot sohasidagi hamkorligini davom ettirib, yagona koinot va yirik teleskop yaratish ustida ish olib bormoqda.
Bu haqda “Trend”ga Turkiya Koinot agentligi rahbari Serdar Husayn Yildirim gapirib berdi.
Bu sohadagi ish birligi 2021 yilda qabul qilingan Turkiyaning milliy koinot dasturiga asoslanadi.
“Ozarbayjon bilan koinot sohasidagi hamkorligimiz muvaffaqiyatli davom etmoqda. Uning atrofida yangi loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda”, deb bayonot berdi Agentlik rahbari.
– 2023 yilda Bokuda Astronavtika bo‘yicha xalqaro kongress va 2025 yilda ayni shunday konferensiyani Turkiyada o‘tkazish rejalashtirilmoqda, – dedi Serdar Husayn Yildirim.