Turkiya chempionati. Fayzullayev assist, Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» g’alaba qozondi va mavsumni 5-o’rinda yakunladi
Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng istanbulliklar oʻz ochkolarini 57 taga yetkazib, joriy mavsumni musobaqa jadvalining 5-pogʻonasida yakunladi.
Futbol boʻyicha Turkiya Superligasining soʻnggi, 34-turi doirasida Istanbulning «Bashakshehir» klubi safarda «Gaziantep» jamoasi mehmoni boʻldi va 2:1 hisobidagi ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng istanbulliklar oʻz ochkolarini 57 taga yetkazib, joriy mavsumni musobaqa jadvalining 5-pogʻonasida yakunladi.
Quvonarlisi, mazkur uchrashuvda «Bashakshehir» sharafini himoya qilayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari — Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻyin taqdirini hal qiluvchi vaziyatlarda bosh rolni ijro etdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Fayzullayevning yuzaga keltirgan golli uzatmasidan (assist) soʻng, Devi Zelke raqib darvozasini aniq nishonga oldi va hisobni ochdi. Shomurodov esa 22-daqiqada penaltidan unumli foydalandi.
Ushbu gol Eldor Shomurodov uchun mavsumdagi 22-gol boʻldi. Natijada hamyurtimiz Turkiya chempionati toʻpurarlar roʻyxatida peshqadamlik qilayotgan "Trabzonspor" hujumchisi Onuachuga yetib oldi. Maʼlumot uchun, nigeriyalik futbolchi oʻz hisobini boyitib qoʻyish uchun bugun, 17-may kuni "Genchlerbirligi"ga qarshi maydonga tushadi.
"Gaziantep" — "Bashakshexir" 1:2
Gollar: Lungoyi (59) — Zelke (6), Shomurodov (22, penalti).
"Bashakshexir": Shengezer, Shahiner (Bulut, 81), Ba, Opoku, Karatash, Fayzullayev (Gureler, 81), Kemen, Krespo (Ergun, 60), Harit (Brnich, 60), Zelke (da Koshta, 26), Shomurodov.