Turkiya bilan agrar sohada hamkorlik
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida Turkiya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sanoatchilari uyushmasi boshqaruv kengashi raisi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi salohiyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tarmoqqa o‘ziga xos innovatsiyalarni joriy etish loyihalari haqida so‘z bordi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, tarmoqqa raqamlashtirish jarayonini joriy etish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Tizimda natijadorlikni oshirish maqsadida agrar sohadagi hamkorlik O‘zbekiston vaTurkiya uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanishi, bu borada ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

N.Bozorova, O‘zA muxbiri