Turkiy dunyo diplomat ayollari birlaşadi
Anqarada bölib ötgan Turkiy dunyo muloqoti forumi doirasida "Turk dunyosi diplomatiyasida ayollar" mavzusida şöʼba muhokamasi bölib ötdi. Tadbir siyosiy diplomatiyada xotin-qizlarning örni, davlatlar aro muloqotni kengaytiriş va gumanitar aloqalarni mustahkamlaş masalalariga qaratildi.
“Kabar” axborot agentligining xabariga köra, Turkiya Prezidenti maʼmuriyati Kommunikatsiya boşqarmasi tomonidan taşkil etilgan anjumanda ayollarning ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki xalqlarimiz va umumturkiy sivilizatsiyaning tarixiy maʼnaviy merosida muhim örin tutişi taʼkidlandi.
Iştirokçilar fan, taʼlim, diplomatiya va ijtimoiy hayotda xotin-qizlar imkoniyatini kengaytiriş uçun umumiy saʼy-harakatni birlaştiriş zarurligiga alohida urğu berdilar. Xususan, Qirğiziston Milliy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, falsafa fanlari doktori, professor Gulnora Botokanova mintaqa mamlakatlari fanlar akademiyalari negizida Turkiy dunyo olima va innovator ayollari tarmoğini yaratiş taklifini ilgari surdi. Uşbu platforma qöşma tadqiqot loyihalari, malaka oşiriş dasturlari işlab çiqiş, ilm-fan, taʼlim, innovatsiya sohalarida tajriba almaşiş imkonini beradi.
Şuningdek, akademik va diplomatik mobillik dasturlari kölamini kengaytiriş, grantlar sonini köpaytiriş, yoş tadqiqotçi ayollar, diplomatlar va jamoatçilik fikri yetakçilari kasbiy almaşinuvini rivojlantiriş zarurligi qayd etildi.
Turkiy dunyo maʼnaviy-madaniy merosini asrab-avaylaş va ommalaştiriş hamkorlikning yana bir muhim yönalişi sifatida belgilandi. Bu jarayon anʼanaviy qadriyatlarni xotin-qizlar huquqi va imkoniyati bilan boğliq zamonaviy tuşunçalar bilan uyğunlaşgan qöşma madaniy-gumanitar loyihalar amalga oşirilişini taʼminlaydi.
Botokanovaning sözlariga köra, ayni yönalişda şeriklikni kuçaytiriş umumiy gumanitar makon şakllantiriş, kasbiy aloqalarni kengaytiriş, davlatlarimiz ijtimoiy va xalqaro hayotida ayollar rolini oşirişga xizmat qiladi.
Muhokama iştirokçilari diplomatiya faoliyati va qaror qabul qiliş jarayonida ayollar iştirokini kuçaytiriş muhimligini taʼkidlab, turkiy dunyo maʼsumalari umumiy qadriyat va maqsadga tayangan holda mintaqa rivojiga yanada salmoqli hissa qöşişiga umid bildirdilar.
A.Mamatov, ÖzA