Turajonov Qodirjon Murodjon o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Rotorli sistemalar dinamikasini qo‘zg‘aluvchan massalar yordamida balansirlash usulini takomillashtirish” mavzusida
Turajonov Qodirjon Murodjon o‘g‘lining 01.02.01 – Nazariy mexanika, 01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi ixtisosliklari bo‘yicha “Rotorli sistemalar dinamikasini qo‘zg‘aluvchan massalar yordamida balansirlash usulini takomillashtirish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zR FA M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashining 2024 yil 16 oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 40-uy.
Tel: (99871) 262-71-52, faks: (99871) 262-71-32
e-mail: instmech@academy.uz