Tuproqqal’ada g‘alla ekish boshlandi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida 2024 yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil etish yuzasidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Asosiy e’tibor boshoqli donlarni ekish mavsumida belgilangan chora-tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish masalasiga qaratildi. Tumanning Pastom mahallasidagi “Tuproqqal’a tekstil” MCHJga qarashli maydonda tashkil etilgan seminarda tuman hokimi Shuhrat Ahmedov, sektorlar rahbarlari, soha mutaxassislari, hudud mas’ullari va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
[gallery-13080]
Seminar ishtirokchilarga don ekinlarini belgilangan muddatlarda ekish uchun yerni tayyorlash, yaxlit konturlarni tanlash, mavsumda zarur bo‘ladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berish borasida tushuntirish berildi.
Tumanda 2024 yil hosili uchun 7 ta hududda jami 78 fermer xo‘jaligi hamda 1 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 1500 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan. Seminardan so‘ng dehqonchilikka qut-baraka, mo‘l hosil so‘rab yaxshi niyat va duolar ostida ekin maydonlariga g‘alla ekish ishlariga kirishildi. G‘alla yetishtirishda suvni tejovchi texnologiyalardan keng qamrovda foydalanish bo‘yicha ham takliflar berib o‘tildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA