Tungi ekoreyd: standartlarga mos kelmaydigan qo‘lbola qozonlardan foydalanish holatlari aniqlandi (+video)
Toshkent viloyatida atmosfera havosiga zararli tashlamalar chiqarayotgan manbalarni aniqlash hamda ularning faoliyatini tartibga solish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur reyd tadbirida Prezident Administratsiyasi vakillari, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi mutaxassislari, tuman prokuraturasi va ichki ishlar organlari vakillari hamda ishchi guruh a’zolari ishtirok etdi.
Tungi reyd tadbirlari doirasida Toshkent viloyatining Toshkent va Qibray tumanlaridagi issiqxonalarda olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.
Tekshiruvlar natijasida ayrim issiqxonalarda isitish tizimida standartlarga mos kelmaydigan qo‘lbola qozonlardan foydalanilayotgani, qozonxonalarda filtrlash uskunalari o‘rnatilmagani hamda ekologik talablar buzilayotgani aniqlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hzuXcHGXg5g" title="Tungi ekoreyd: standartlarga mos kelmaydigan qo‘lbola qozonlardan foydalanish holatlari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov,
O.Davronov (video), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA