“TTME 2023”: Ikkinchi kungi tadbirlar davom etmoqda
Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari - TTME 2023” ikkinchi Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Congresses of Central Asia – CCA” xalqaro kompaniyasi va uning hamkori – “ICA Eurasia Group” tomonidan va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi rasmiy ko‘magida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada 6 mamlakatdan 120 ta kompaniya va brendlar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
[gallery-13584]
O‘zA