Triatlon: Osiyo chempionati qoldirildi
Bugun Qozog‘iston olimpiya qo‘mitasining olympic.kz sayti mamlakatda koronavirus kasalligining yoyilishi oldini olish maqsadida joriy yilning 3-5 sentyabr kunlari Nur-Sulton shahrida triatlonning U19, U23 va Mixed Relay yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan Osiyo chempionati bekor qilinganligi to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston triatlon federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan Osiyo qit’asidagi davlatlarning triatlon sporti vakillaridan yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan.
T. Ro‘ziyev