Tramp va Putin G20 sammiti doirasida uchrashadi
AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentina poytaxti Buenos-Ayresda boʻladigan G20 sammiti doirasida uchrashadi.
AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentina poytaxti Buenos-Ayresda boʻladigan G20 sammiti doirasida uchrashadi. Uchrashuv shanba kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov RIA Novosti axborot agentligiga maʼlum qildi.Uchrashuv Buenos-Ayresdagi “Park Hyatt“ mehmonxonasida tashkil qilinadi va ikki soatdan oshiq davom etishi mumkin.
Ikki davlat rahbarlari bir qator masalalarni, jumladan, ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish yoʻllarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Uchrashuv hali Oq Uy tomonidan tasdiqlanmagan. Biroq Tramp seshanba kungi intervyusida, Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida oʻtgan hafta oxirida sodir boʻlgan dengiz mojarolari sababli Rossiya rahbari bilan uchrashuvni bekor qilishi mumkinligi haqida aytib oʻtgan edi.