Tramp: Hurmuz minadan tozalandi
AQSH Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoq orqali Hurmuz bo‘g‘ozi xalqaro suv hududidagi barcha dengiz minalari AQSH Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan to‘liq olib tashlangani yoki zararsizlantirilganini e’lon qildi.
Amerika rahbari suv yo‘lini qayta minalashtirishga nisbatan murosasiz yondashuv egallanishini ta’kidlab, mina o‘rnatishga uringan har qanday Eron kemasi yoki qayig‘i darhol, ayovsiz yo‘q qilinishidan ogohlantirdi.
Qo‘shimcha qilinishicha, AQSH fazoviy kuchlari nafaqat Hurmuz, balki Piskoh tog‘i hududi hamda Islom Respublikasining ilgari vayron qilingan yana uch yadroviy ob’ektini doimiy va uzluksiz ravishda nazorat qilib bormoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA