Tramp Eronga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilganini aytib, mamlakatga qarshi rejalashtirilgan harbiy zarbalarni bekor qilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi DW nashri .
Trampning ta’kidlashicha, Eronning oliy rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar muayyan kelishuvga erishish imkonini yaratgan. Shu sababli u belgilangan havo hujumlarini to‘xtatgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvning asosiy shartlari nafaqat AQSH, balki Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Turkiya, Pokiston, Bahrayn, Quvayt, Iordaniya va Misr kabi davlatlar bilan ham muvofiqlashtirilgan.
Tramp Hurmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasi kelishuv imzolanguniga qadar saqlanib qolishini bildirdi. Hujjatni imzolash vaqti va joyi yaqin kunlarda ma’lum qilinishi kutilmoqda.
Tramp jurnalistlar bilan muloqotda Eron bilan kelishuv shu haftaning oxirida Yevropada imzolanishi mumkinligini aytdi. Uning aytishicha, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens imzolash marosimida qatnashishi mumkin.
Trampning fikricha, mazkur kelishuv Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va Hurmuz bo‘g‘ozi qayta ochilishiga xizmat qiladi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiyning ma’lum qilishicha, Tehron hozircha AQSH bilan kelishuv bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan.
<iframe width="412" height="732" src="https://www.youtube.com/embed/B49f-4ns-YU" title="Tramp Eronga zarba berish rejasini bekor qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA