Tramp Eron böyiça bayonot berdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp seşanba kuni bölib ötadigan Kongressga oraliq saylov oldidan oxirgi marta saylovçilarga murojaat qilib, ularni ovoz berişda faol iştirok etişga çaqirdi.
Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bergan. Vaşingtondagi Linkoln memoriali yaqinida basseyn oçilişi tadbirida sözga çiqqan AQŞ rahbari öz maʼmuriyatining içki va taşqi siyosatdagi yutuqlariga alohida töxtaldi.
Xususan, navbatdagi oraliq saylovni mamlakat tarixidagi eng muhim voqealardan biri, deb atadi va fuqarolarni respublikaçi nomzodlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Demokratik partiyani keskin tanqid qilgan yetakçi Miçigan ştatidan körsatilgan nomzod Abdul Al-Saidni misol tariqasida keltirib, u Senatga saylanmasligi kerakligini taʼkidladi.
Şuningdek, Prezident aholi uçun eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan yonilği narxi mavzusiga ham izoh berdi. Uning taʼkidlaşiça, Eron bilan boğliq harbiy keskinlik tez orada yakuniga yetadi va benzin tez arzonlaşadi. Tramp sözlariga köra, Vaşington uşbu qarama-qarşilikda ustunlikka ega, Tehronning harbiy imkoniyati va iqtisodiy ahvoli sezilarli darajada zaiflaşgan.
Bundan taşqari Oq uy rahbari Eron yadro quroli yaratişiga heç qaçon yöl qöyilmasligini yana bir bor eslatib, Tehron ham buni yaxşi anglab yetganini bildirdi. Nutqi yakunida Amerika rahbari Grenlandiya böyiça Daniya hukumati va mahalliy rahbariyat bilan olib borilgan ijobiy muloqot uçun minnatdorlik izhor etdi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA