Töylarimiz ixçam, dabdabadan xoli bölişi kimga boğliq?
Özbekiston mahallalari uyuşmasi Samarqand viloyati boşqarmasi tomonidan taşkil etilgan töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solişga bağişlangan matbuot anjumanida asosan şu savol atrofida bahs-munozaralar keçdi.
– Ötgan yil Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boşqa bir qator taşkilotlar, jumladan Özbekiston mahallalari uyuşmasi tomonidan töy-maʼraka va marosimlarni tartibga soliş böyiça “maromiylik harakati” boşlangan edi, – dedi Özbekiston mahallalari uyuşmasi Samarqand viloyati boşqarmasi boşliği Isroil Jabborov. – Bu borada aholi örtasida keng kölamli tarğibot işlari olib borildi. Birgina joriy yil boşidan buyon viloyatimizdagi mahallalarda 9700 ga yaqin tarğibot tadbiri ötkazildi. Viloyat böyiça 4295 ta töy va oilaviy tantana, 12885 ta maʼraka va boşqa marosimlar qayd etildi. 1261 ta marosimda belgilangan tartiblarga rioya etilişi örganilganda 117 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilişiga qaramay, haligaça töy-maʼrakalarda isrofgarçilik, dabdabaga yöl qöyilayotganini körsatadi. Albatta, köpçilik töylar ixçam bölişini istaydi, lekin “odamlar nima deydi?” degan istihola, “boşqalar katta töy qilyapti-ku” degan öy bilan özini özi qiyin ahvolga solib qöyadi. Tarğibot işlari va mahallalar faollarining hamjihatligi tufayli Toyloq tumanida 27 ta oilada kamxarj va namunaviy töylar ötkazildi. Buni keng tarğib qildik, lekin har yili mahallalarda yuzlab töylar, marosimlar ötkazilişini hisobga olsak, bu juda kam. Bizning maqsadimiz faqat töy va marosimlarni nazorat qiliş emas, balki aholi örtasida tejamkorlik madaniyatini şakllantiriş, oilalarni ortiqça xarajat va qarzdorlikdan asraş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaşdan iborat.
Matbuot anjumanida davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, samarqandlik ziyolilar, maʼnaviyat tarğibotçilari mazkur masala yuzasidan öz fikrlarini bildirib, Samarqandda töy va oilaviy tantanalari boşqa hududlarga nisbatan dabdaba, ortiqça sarf-xarajatlar bilan ötayotganini afsus bilan qayd etdilar.

– Töyning fayzi dabdabada emas, balki oilaning tinçligi, yoşlarning baxtida ekanligini anglab yetmayapmiz, – dedi Samarqand davlat universiteti professori Farhod Nabiyev. – Statistik maʼlumotlar viloyatimizda yildan-yilga oilaviy ajrimlar soni oşib borayotganini körsatmoqda. Buning sabablari tahlil qilinganda katta xarajat bilan töy qilib, oilaning qiyin iqtisodiy ahvolga tuşib qolgani, qarzga botgani ham oqibat sifatida qayd etilmoqda. Nazarimda, bu borada mahallalarda ixçam töylar ötkazişni qöllab-quvvatlab, buni keng tarğib etiş, ayniqsa, yoşlarni kamxarj töy ötkazişga daʼvat etişimiz kerak. Şuningdek, mahallaning közga köringan kişilari, amaldorlar bu borada namuna bölişi, aynan ular tomonidan mavjud tartibga zid harakatlar kuzatilsa, keskinroq çoralar körilişi zarur, deb öylayman.
– Mahallamizda yettilik, jamoatçilik kengaşlari va faollar bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senati Kengaşining töylar va oilaviy marosimlarni ixçamlaştiriş hamda tartibga soliş böyiça qöşma qarori talablariga rioya etilişini qatʼiy nazorat qilamiz. Aza marosimlari dinimizga yot turli odatlardan xoli tarzda ötkaziladi. Töylarni ham asosan, uyda, spirtli içimliklarsiz, ixçam ötkazişni yölga qöyganmiz. Muhimi, xalqimiz bunga rozi, odamlar katta töy qilib, qarzga botib qolmayapti, har kim öz imkoniyati darajasida töy qilişga odatlanmoqda, – deydi Samarqand tumanidagi Bözi mahallasi raisi Nazir Aʼzamov.

Matbuot anjumanidan söng tadbir iştirokçilari Toyloq tumani Yangi hayot mahallasida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekişda iştirok etdilar.
Maʼlumotlarga köra, kuzgi mavsumda viloyatdagi 1063 ta mahallada jami 2 mln 289 ming tup daraxt va buta köçatlari ekilişi belgilangan. Buning uçun jami 22 milliard 891 million söm mablağ yönaltirilişi közda tutilgan.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri