“Total Chess World Championship Tour 2026” bahslari davom etmoqda
Vengriyaning Budapeşt şahrida şaxmat böyiça yangi formatda ötayotgan “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasi “Fast Classic” bahslarining ikkinçi kunida Nodirbek Abdusattorov “A” guruhi 3-4-turi doirasida polşalik Yan-Kşiştof Dudaga qarşi dona surdi.
Birinçi partiyada yutqazgan Abdusattorov ikkinçisida qora donalarda raqibini mağlubiyatga uçratdi. Tört oçko jamğargan Abdusattorov guruhda oltinçi poğonadan törtinçi öringa kötarilib oldi.
Guruhda 8 oçkoga ega Alireza Firuzja 8 oçko bilan yakka peşqadamga aylangan. Yan-Kşiştof Duda 7 oçko bilan ikkinçi, AQŞ vakili Levon Aronyan 5 oçko bilan uçinçi örinda harakatlanmoqda.

Bugun, 13-noyabr kuni ötkaziladigan 5-6-tur öyinlarida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Jorden van Forest bilan kuç sinaşadi.
“Fast Classic” bahslarining ortda qolgan ikki kunlik öyinlari natijasida “B” guruhida AQŞ vakili Fabiano Karuana va “D” guruhida fransiyalik Maksim Vaşe-Lagrav 8 oçko bilan, “S” guruhida rossiyalik Yan Nepomnyaşiy va AQŞlik Martirosyan 6 oçko bilan öz guruhlarida yetakçilikni davom ettirmoqda.

Har bir guruh ğolibi pley-offga yöl oladi. Qolgan iştirokçilar guruhdagi örniga qarab alohida örinlar uçun kuraşni davom ettiradi. Guruhlarda 2-örinni egallaganlar 5–8-örinlar, 3-örinni egallaganlar esa 9–12-örinlar uçun bellaşadi.
Mukofot jamğarmasi 650 ming AQŞ dollaridan iborat turnirning ğolib va sovrindorlari 20-noyabr kuni maʼlum böladi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA