Toshtemirova Gulnoza Abdurafiyevnaning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Hujayra proliferatsiyasida hajm boshqarilish tizimining rolini tadqiq qilish” mavzusida
Toshtemirova Gulnoza Abdurafiyevnaning 03.00.02 – biofizika va radiobiologiya ixtisosligi bo‘yicha “Hujayra proliferatsiyasida hajm boshqarilish tizimining rolini tadqiq qilish” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.B.01.13 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 20 iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 174-uy.
Tel.: (+99871) 246 68 96.
e-mail: ibb-nuu@mail.ru