Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Davlatimiz rahbari 2026-yil 15-iyunda “Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.
Bu ko‘cha Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi va Maxtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan masofani tashkil etadi.
N.Abduraimova,
O‘zA