Toshkentda yongan ob’ekt bog‘cha binosi edimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan bog‘cha binosi yonib ketgani haqida videolavhalar tarqalmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati bildirgan rasmiy munosabatda aytilishicha, yongan bino xususiy sektorga tegishli bo‘lib, yangi barpo bo‘layotgan binoning, hatto, bolalar bog‘chasi bo‘lishi ko‘zda ham tutilmagan, deyiladi.
Shuningdek, OAV vakillari, ma’lumotlarni tarqatayotganda holatni batafsil o‘rganib, so‘ng ommaga taqdim etishi so‘raladi rasmiy munosabatda.
O‘zA