Toshkentda yangi Mediatsiya klinikasi ochildi
Mazkur loyiha nizolarni hal etishning muqobil usullarini rivojlantirish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan.
Endilikda klinikada Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi volontyorlari Toshkent Mediatsiya markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda mediatsiya sohasida Pro bono tamoyili asosida fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Murojaat qilgan fuqarolar nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, mediatsiya jarayonining ixtiyoriylik, maxfiylik va taraflar tengligi kabi prinsiplari bo‘yicha maslahat olishlari mumkin.
G.Boboyeva,
O‘zA