Toshkentda Osiyo chempionati boshlandi
“O‘zbekiston” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.
“O‘zbekiston” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada qit’amizning 20 davlatidan kelgan 200 nafarga yaqin atlet g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Musobaqaning dastlabki kunida qizlar 40, 45, 49 va 55 kilogrammgacha vazn toifasida, o‘g‘il bolalar esa 49 kilogrammgacha vaznda bahs olib boradi.