Toshkentda “aqlli turizm” masalalari muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Amity University Tashkentda “Smart Tourism, Management and Economics” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda turizm sohasini raqamlashtirish, uni boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, iqtisodiyotda innovatsion yechimlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
[gallery-28795]
Ta’kidlanganidek, bunday xalqaro platformalar ilmiy doira va amaliy sektor o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda turizm sohasi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xorijiy tillarni biladigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Asliddin Alijonov (surat), O‘zA