Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi davom etmoqda.
Yaqinda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi Deklaratsiyasiga qo‘shilishi e’lon qilindi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda.
–Bularning barchasi g‘oyalaringiz amaliyotda izchil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan davrda kengash huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan investorlar uchun 50 dan ortiq foydali yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Natijada muqobil investitsiya jamg‘armalari, garov qonunchiligi, mas’uliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, soliq ma’murchiligi, yer ajratish va energetika kabi ustuvor yo‘nalishlardagi masalalar xorijiy investorlar hamraisligida atroflicha muhokama qilindi.
O‘zA