Toshkent uchinchi bor jahon kubogiga mezbonlik qilmoqda
Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) shafeligida hamda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi tashkilotchiligida «Uzbekistan Kickboxing World Cup – 2026 » xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Sport vazirligi, Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli musobaqa Markaziy Osiyo mintaqasida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilayotgan yirik xalqaro sport tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 48 dan ortiq mamlakatidan 2 ming 530 nafardan ziyod sportchi va rasmiy delegatsiyalar qatnashmoqda.
Jahon kubogi doirasida WAKO rasmiy qoidalari asosida kikboksingning tatami va ringdagi barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilgan.
[gallery-31966]
Ayni paytda musobaqaning turli yo‘nalishlarida saralash va yarim final janglari qizg‘in davom etmoqda. 18-oktabr kuni g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA