Toshkent shahri dezinfeksiya qilinmoqda
Bugun, 28-mart kunidan eʼtiboran, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yana-da kuchaytirildi.

Maxsus texnikalar yordamida shahar koʻchalari, odamlar gavjum boʻladigan jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va tashkilotlari atrofi hamda poytaxtga kirish va chiqish postlarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.