Toshkent – jahon yosh kimyogarlari uchrashgan manzil (+video)
Poytaxtimizda o‘tayotgan 58-xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2026) nafaqat iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasidagi nufuzli bellashuv, balki xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlaydigan muhim maydonga aylandi. Olimpiada doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh kimyogarlar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etar ekan, O‘zbekistonning oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi salohiyati ham keng namoyon bo‘lmoqda.
Musobaqaning amaliy bosqichida ishtirokchilar zamonaviy laboratoriyalarda xalqaro standartlar asosida tayyorlangan topshiriqlarni bajarmoqda. Bu jarayon ularning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, tahliliy fikrlash, aniqlik va mustaqil ilmiy yondashuvini ham sinovdan o‘tkazadi. Barcha sinovlar xalqaro hakamlar nazorati ostida shaffof va adolatli tarzda tashkil etilgan.
Ushbu Olimpiadaning ahamiyati hamda xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari xususida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Inom Majidov fikrlariga yuzlandik.
Intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/a2M3CbFmnn8" title="Toshkent – jahon kimyo iste’dodlari uchrashgan manzil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, O‘zA