To‘raqo‘rg‘onda meva-sabzavot eksporti davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
To‘raqo‘rg‘on Namangan viloyatining eksport salohiyati bo‘yicha yetakchi tumanlaridan. Bu yil jami 164 million 470 ming AQSH dollarilik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Shundan 28 million dollari meva-sabzavot hissasiga to‘g‘ri keladi.
To‘raqo‘rg‘onda yetishtirilgan mevalar Rossiya, Yevropa mamlakatlari, BAA, Qatar hamda MDH davlatlarida ayniqsa, xaridorgir.
Joriy yilning hozirgi davrigacha 1700 tonna gilos, 1400 tonna o‘rik, 150 tonna shaftoli, 150 tonna olcha, 55 tonna qulupnay, shuningdek, 440 tonna pomidor, 414 tonna sarimsoqpiyoz, jami 8224 tonna mahsulot eksport qilinib, reja ko‘rsatkichi 12 million 353 ming dollarga yetkazildi.
[gallery-29801]
Ayni paytda bog‘larda shaftoli mavsumi qizg‘in. Jumladan, “Gold fresh fruts” MCHJdagi zamonaviy intensiv bog‘larda pishib yetilgan mevalar peshma-pesh uzilib, muzlatkich omborlarga jamlanmoqda. So‘ngra xorijiy mijozlarga yuborilmoqda.
Hozirga qadar korxona tomonidan 380 ming AQSH dollarilik 150 tonnadan ortiq gilos va o‘rik eksport qilindi. Endi esa shaftolining ertapishar va bozorbop turlari yig‘ib olinmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA