To‘raqo‘rg‘onda III-IV asrga oid suvdon topildi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Axsi qishlog‘idagi aholi xonadonlaridan birida yer ishlari bajarilayotgan paytda III-IV asrga oid suvdon topildi.
U Axsi sayyidlari majmuasi tarkibidagi Osori-atiqalar muzeyi noyob eksponatlari qatoridan o‘rin oldi.
1800 yil avval axsilik usta kulollar mahorati qay darajada bo‘lganligini suvdon sig‘imi qanday ekanligidan bilib olsa bo‘ladi. Unga suv quyib ko‘rilganda roppa-rosa 2 litr suv sig‘di.
[gallery-914]
Xuddi shunday suvdon Qo‘qon O‘rdasida saqlanmoqda. U tarixchi, arxeolog va materialshunoslar ekspertizasidan o‘tib, rasmiy yoshi aniqlangan.
Bizning ixtiyorimizdagi suvdon esa uning egizidir.
Bu va bu kabi boshqa 514 ta noyob eksponatlarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Axsi muzeyiga keling.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA