To‘raqo‘rg‘on xurmolari Yevropaga eksport qilinmoqda
FOTOREPORTAJ
Gilos va uzum yetishtirishda o‘ziga xos tajriba maktabi yaratgan to‘raqo‘rg‘onlik sohibkorlar keyingi yillarda xurmochilikda ham ilgarilab ketdi. Bugungi kunda 64 ta mahallaning 48 tasida aholi shu mevaning asl bog‘boniga aylangan.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kalvak mahallasida 1054 ta oila istiqomat qiladi va ularning 98 foizi o‘z xonadonida xurmo yetishtiradi. Ular yiliga jami 200 tonnagacha hosilni Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa davlatlariga eksport qiladi. Shuning hisobidan har bir oila yiliga 30 million so‘mdan 100 million so‘mgacha daromad topmoqda.
[gallery-25630]
Shu kunlarda qabul shoxobchalarida ish qizg‘in. Xurmolar uzib olinib, peshma-pesh xaridorlarga yetkazilyapti. Muhimi, shu mahallaning o‘zida 500 dan ziyod mavsumiy, 220 nafar doimiy ishchi mehnat bilan band.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA