Toliblar Kobulga hujum boshladi
“Tolibon” harakati jangarilari Kobulga hujum boshladi, deb xabar tarqatdi Reyter agentligi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib.
RIA Novostining xabar berishicha, toliblar poytaxt g‘arbidagi Kobul universitetini nazoratiga olgan, shuningdek poytaxt tumanlarining birida o‘z bayroqlarini ko‘targan.
Kobul hukumat nazorat qilib turgan eng yirik shahar hisoblanadi.
Bundan avval toliblar Afg‘onistonning barcha chegara o‘tish joylarini egallagani haqda xabar tarqatilgan edi.